O`zbekiston oltin-valyuta zaxirasi hisobiga uzoq muddatli kredit olish afzalroq bo`ladi – QBF tahlilchisi

Iqtisodiyot 07.08.2020, 22:28
O`zbekiston oltin-valyuta zaxirasi hisobiga uzoq muddatli kredit olish afzalroq bo`ladi – QBF tahlilchisi

O`zbekiston o`z oltin-valyuta zaxiralarini ushlab turishi kerakmi yoki ularning bir qismini loyihalarga yo`naltirgani va iqtisodiyotni qo`llab-quvvatlagani yaxshiroqmi, QBF etakchi tahlilchisi Oleg Bogdanov shu  haqda fikr bildirdi

O`zbekiston iqtisodiyotni zudlik bilan inqirozdan chiqarish uchun oltin-valyuta zaxiralarini sotishni boshlashi kerak. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantirish bo`yicha Respublika agentligi direktori Otabek Nazirov ma`lum qildi.

Analitik finansovoy grupp Kalita-finans Dmitriy Golubovskiy

"Oltinning narxi eng yuqori nuqtada turibdi, iqtisodiy faoliyat esa, aksincha, eng quyi qismda, o`ylaymanki, iqtisodni yanada pasayish va ishsizlikning ko`payishidan zudlik bilan qutqarish uchun aynan hozir oltin-valyuta zaxiralarini sotib, mablag`lardan foydalanish kerak ...", - deb yozdi u o`zining Facebook-dagi sahifasida.

QBF etakchi tahlilchisi Oleg Bogdanov, O`zbekiston oltin zaxiralarini oqilona boshqarishi kerak, chunki oltin-valyuta zaxiralarini to`plash unchalik oson emas, deb hisoblaydi.

"Iqtisodiy qiyinchiliklar yildan-yilga o`zgarishsiz bo`lib qolmoqda va oltin-valyuta zaxiralarini shunday hajmda to`plab olish juda qiyin. Dunyo moliyasida ro`y berayotgan vaziyatdan kelib chiqib, agar respublika hukumati  hozirda iqtisodiyotni haqiqatda qo`llab-quvvatlash kerakligiga ishonsa,  O`zbekistonga ushbu oltin-valyuta zaxiralari hisobiga uzoq muddatli kredit olish afzalroq bo`ladi. Bu kabi kreditni olib, mablag`larni qandaydir maqsadli tarmoqlarga yo`naltirish kerak"

Uning so`zlariga ko`ra, hozirda kreditlar bo`yicha foiz stavkalari nolga yaqin, shuning uchun agar qarz olish imkoni bo`lsa, qimmatlayotgan aktivni sotishning keragi yo`q.

Bogdanov ishonchi komil: dunyoda pul miqdori juda ko`p, kreditlar hatto reytingi past bo`lgan davlatlarga ham berilmoqda.

"Keyingi uch yil ichida yana 20-30 foizga ko`paytirish mumkin bo`lgan zaxiralarni sotishning nima keragi bor? Mening fikrim quyidagicha. Lekin, umuman olganda, hech kim hech narsani sotmayapti. Ro`y berayotganlarning asli mohiyati quyidagida: markaziy banklar jahon bozorida oltinni sotishni butunlay to`xtatdilar. Aksincha, ular sotib olishmoqda, aynan shuning uchun uning narxi so`nggi yillarda faol o`sib bormoqda", - deya qo`shimcha qildi tahlilchi.

Uning fikricha, O`zbekiston ushbu siyosatdan chetlashmasligi kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1