1

Masjidlar, jamoat transportlari va... 17 avgustdan ishga tushadigan faoliyat turlari ma`lum bo`ldi

Jamiyat 12.08.2020, 23:13
Masjidlar, jamoat transportlari va... 17 avgustdan ishga tushadigan faoliyat turlari ma`lum bo`ldi

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilarga ruxsat berildi:

2020 yil 17 avgustdan boshlab:

*  hududlar (Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) o`rtasida avtotransport vositalari qatnovini tiklash;

* jamoat transporti, shahar (tuman) va shahar atrofi yo`nalishlari bo`yicha avtobus qatnovi (metropoliten faoliyati bundan mustasno). Ushbu transport faoliyatini tashkil etish uchun:  

- har qatnovga chiqishdan oldin haydovchi va konduktorlarning tana harorati pirometrlarda o`lchanib, 37°S va undan yuqori bo`lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo`l qo`ymaslik, ularning tibbiy niqob va qo`lqopda bo`lishi;

- jamoat transportida yo`lovchilarning tibbiy niqobda bo`lishi va ular orasida ijtimoiy masofa saqlanishi, tibbiy niqob bo`lmagan holatda ularning transportga chiqishiga yo`l qo`ymaslik;

- transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin (shu jumladan, har bir o`rindiqni) to`liq dezinfeksiyadan o`tkazilishi zarur.

* diniy tashkilotlar faoliyatiga (har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qat`iy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini ta`minlagan holda). Bunda, diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi.

Mavzuga doir:

Restoranlar, avia va temir yo`l qatnovlari, to`ylar: 15 avgustdan O`zbekistonda nimalarga ruxsat berilishi rasman e`lon qilindi

O`zbekistonda xususiy bog`cha va maktablar ochilmoqda

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1