AsosiyIqtisodiyot

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasiga elchixonalar biriktirildi

'“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasiga elchixonalar biriktirildi'ning rasmi

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasiga elchixonalar biriktirildi, deya ma`lum qilmoqda Huquqiy axborot kanali.

Ta`kidlanishicha, “Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investisiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–4810-son, 17.08.2020 y.) qabul qilingan.

Qarorga muvofiq, Xorazm viloyatida 2020–2022 yillarda umumiy qiymati 2,2 trln so`mlik 84 ta investisiya loyihalari, bundan tashqari umumiy qiymati 516,8 mln dollarlik 26 ta istiqbolli investisiya loyihalari amalga oshiriladi.

2021 yil 1 aprelga qadar 26 ta yirik investisiya loyihalari bilan bir vaqtda viloyatning har bir tumanida qo`shimcha yangi sanoat ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining (EIZ) qishloq xo`jaligida foydalanilmayotgan bo`sh turgan er uchastkalari hisobidan kengaytiriladigan hududlar belgilandi.

Qarorga ko`ra, EIZga O`zbekistonning tegishlicha xorijdagi diplomatik vakolatxonalari biriktirildi.

Biriktirilgan elchixonalar viloyat hokimligi bilan birgalikda to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalar hisobidan EIZda yangi investisiya loyihalarini joylashtiradi.

Xorazm viloyati hokimligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan Infratuzilma jamg`armasi tashkil etilib, uning mablag`lari EIZning kengaytirilgan hududlarida infratuzilma qurilishini moliyalashtirishga yo`naltiriladi.

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab eksport qatnovlarda Xorazm viloyati va Toshkent shahri o`rtasida eksport qiluvchilarga temir yo`l yuk qatnovi tariflariga 50 foiz chegirma joriy etiladi.

    Boshqa yangiliklar