1

Koronavirusdan davolandim. Hozir o`zimni yaxshi his qilsamda PZR test natijasi musbat chiqyapti. Menda virus yana qaytalandimi yoki tuzalmadimmi?

Savol-javob 26.08.2020, 14:05
Koronavirusdan davolandim. Hozir o`zimni yaxshi his qilsamda PZR test natijasi musbat chiqyapti. Menda virus yana qaytalandimi yoki tuzalmadimmi?

Ushbu savolga bugun AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob berdi:

Agar shifokoringiz Sizni tibbiy ko`rikdan o`tkazib tuzalganingizni aytgan bo`lsa, demak odamlar uchun bezararsiz va qayta kasallanmagansiz.  

Odatda PZR tahlil musbat chiqadigan bo`lsa, bu bemor viruslarni tashqariga chiqarishi bilan atrofdagilarga  xavfli hisoblanadi.  

Lekin Sizda kasallik 2 oy oldin boshlangan va so`zingizga ko`ra uyda shifokor nazoratida davolangansiz, demak Sizda kasallikni og`ir turi bo`lmagan.  

Zararlangan to`qimalardan nafaqat tirik va faol viruslar, balki o`lgan hujayralardan o`lik viruslar ham tashqariga chiqishi kuzatiladi.

 PZR testi esa viruslarni chiqishini ko`rsatganligi sababli o`lik viruslar ham bu davrda test natijalarini musbat ko`rsatishi mumkin. Lekin ushbu davrda bemor atrofdagilarga bezarar buladi.  

 

Savol tug`iladi: tirik yoki o`lik viruslar chiqqanini qanday aniklaymiz?  

 Buni kasallik muddatiga ko`ra aniklaymiz. Ya`ni kasallikning engil va o`rta kechishida kasallik boshlanganidan 10 kundan keyin, og`ir turida esa 20 kundan keyin u atrofdagilar uchun bezarardir. Shuning uchun tavsiya asosida davolanib o`zini engil his kila boshlasa, takror va takror testdan o`tish shart emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1