Bu haqda moliya vaziri Timur Ishmetov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yalpi majlisida ma`lum qildi, deya xabar bermoqda O`zA muxbiri.
2020 yil I yarim yillikda O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari 58,2 trln. so`mni tashkil etib o`tgan yil mos davriga nisbatan 7,5 trln. so`mga ko`p mablag`lar undirildi.
Mart oyining uchinchi dekadasidan karantin bo`yicha qat`iy cheklovlar kiritilishi ayrim yo`nalishdagi tadbirkorlik faoliyatining to`xtashi yoki faolligining qisqarishi tufayli hamda berilgan soliq imtiyozlarini ham inobatga olgan holda, II chorakda soliq daromadlari I chorakga nisbatan -1,7 trn. so`m yoki 7 foizga pasaydi.
Umuman olganda, 2020 yil 1 iyul holatiga soliq tushumlari 45,9 trln. so`mni tashkil etib, o`tgan yil mos davriga nisbatan 6,8 trln. so`mga (17,2 foiz) ko`p mablag`lar undirilgan.
Tushumlarni asosiy soliqlar kesimida qisqacha tahlil qiladigan bo`lsak, qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha joriy yil yanvar-iyun oylarida tushumlar 14,3 trln. so`mni tashkil etdi va bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 2 trln. so`mga kamayib, yillik prognozga (44,2 trl. so`m) nisbatan esa 32 foizni tashkil etdi.






