Germaniyaning rivojlanish moliya instituti DEG-Deutsche Investitions-und Entwicklungsgesellschaft mbH va Triodos Investment Management (o`zining Triodos Microfinance Fund fondidan) «Ipak Yo`li» AITB aksiyadorlik kapitaliga 25 million AQSh dollari atrofida sarmoya kiritdi. Bu haqda Xushnudbek.uz kanali xabar berdi.
Bu pullar bankning kapital bazasini mustahkamlashga, shuningdek, O`zbekistondagi xususiy sektor kompaniyalarining moliyaviy ehtiyojlari uchun sarflanishi aytilyapti.
Bilmaydiganlar uchun, DEG - xususiy sektorni moliyalashtiruvchi dunyodagi eng yirik tashkilotlardan biri bo`lib, dunyoning 80 davlatida 9 milliard evroni tashkil etadigan portfelga ega.
Nemislar bank sohasida ham ancha ilg`orligi hech kimga sir emas. Ular bilan birga ishlab ko`p narsalarni o`rganish mumkin, deb yozmoqda bloger.






