AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonga "Ermak" elektrovozlar olib kelindi

'O`zbekistonga "Ermak" elektrovozlar olib kelindi'ning rasmi

O`zbekistonga yangi elektrovozlar olib kelindi va ularning soni 115 taga etdi. Bu haqda O`zbekiston temir yo`llari” AJ axborot xizmati xabar berdi. 

28 avgust kuni Toshkent markaziy temir yo`l vokzalida Rossiya Federasiyasining Novocherkas shahridagi “Transmashxolding” AJda ishlab chiqarilgan uch seksiyali 3ES5K seriyali 3 ta yangi Ermak elektrovozi olib kelindi.

Bildirilishicha,“O`zbekiston temir yo`llari” AJ va “Transmashxolding” AJ o`rtasida bir qator shartnomalar tuzilgan. Mazkur kelishuvga asosan, O`zbekistonga 2018 yilda 2 ta, 2020 yilning iyul oyida esa yana 2 ta 3 seksiyali shu korxonada ishlab chiqarilgan yangi Ermak nomli elektrovoz keltirildi.

Qayd etilishicha, olib kelingan poezdlar harakatlanishi murakkab bo`lgan tog`li hududlarda ham ko`ngildagidek harakatlangan. Elektrovoz eng issiq yoz va qahraton sovuq kunlarga ham bardosh bera oladi.

Yangi keltirilgan elektrovozlarda Toshkent, Qarshi hamda “Buxoro mintaqaviy temir yo`l uzeli” unitar korxonasi hududidagi Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qarshi viloyati yo`nalishlarida harakatlanadigan yuk poezdlariga xizmat ko`rsatiladi.

    Boshqa yangiliklar