AsosiyIqtisodiyot

Intensiv usulda baliq etishtirayotgan aholini o`qitish yo`lga qo`yiladi

'Intensiv usulda baliq etishtirayotgan aholini o`qitish yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

“Baliqchilik tarmog`ini qo`llab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda huquqiy axborot kanali xabar qildi.

Qarorga ko`ra, 2020 yildan boshlab sun`iy suv havzalarida baliq etishtiradigan xo`jaliklarga suvdan foydalanganlik uchun soliq qishloq xo`jaligi erlarini sug`orish uchun belgilangan stavkalarda hisoblanadi.

Kollektor-drenaj suvlaridan olib foydalanilgan suv resurslari soliq solish ob`ekti hisoblanmaydi.

 Baliqchilik xo`jaliklari va qishloq xo`jaligi korxonalari tomonidan haqiqatda iste`mol qilingan suv hajmini aniqlash imkoni bo`lmaganda, suvdan foydalanganlik uchun soliq bazasi suvni iste`mol qilish normativlarining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

2022 yil 1 yanvarga qadar O`zbekiston Respublikasi tabiiy suv zaxiralari ixtiofaunasi va suv bioresurslarining yagona ma`lumotlar banki tashkil etiladi.

 Qarorga ko`ra, baliqchilik xo`jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini o`qitish maqsadida pullik asosda o`quv kurslari tashkil etiladi.

Baliqchilikka o`qitish bo`yicha tayanch auditoriyalar, ko`rgazmali baliqxonalar tashkil etiladi, shartnoma asosida ushbu yo`nalishdagi klasterlar, fermer xo`jaliklari xodimlari, shuningdek, intensiv usulda baliq etishtirayotgan aholini o`qitish yo`lga qo`yiladi.

Aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq etishtirish loyihalarini amalga oshirish uchun dasturlar doirasida ajratiladigan kreditlar ustuvor ravishda baliqchilikka o`qitish bo`yicha kurslarning tegishli sertifikatiga ega bo`lgan fuqarolarga ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar