1

Germaniyalik shifokorlar COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo`yicha o`z tajribalari bilan o`rtoqlashishdi

Jamiyat 07.09.2020, 17:42
Germaniyalik shifokorlar COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo`yicha o`z tajribalari bilan o`rtoqlashishdi

O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi va Germaniyadagi Kox instituti ishonchli tibbiyotga asoslangan Klinik protokollarni tayyorlash bo`yicha hamkorlik  qiladi. Bu haqda palataning Matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Mazkur amaliyot hozir COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda, ayniqsa, u yoki bu dori vositalarini qo`llashni har xil mamlakatlar mutaxassislarining pandemiya oylari davomida orttirgan tajribalari va Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tavsiyalarida to`plangan xalqaro tajriba bilan solishtirish muhim bo`lib turgan paytda  muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ushbu nuqtai nazarning o`xshashligi Germaniyaning Robert Kox nomli instituti tashabbusi bilan Milliy palata mutaxassislari uchun o`tkazilgan videokonferensiya ta`kidlandi. Onlayn muhokama joriy yil 13 mayda boshlangan ikki tomonning hamkorlar uchrashuvining bir qismi bo`lib qoldi. 

R.Kox nomli institut vakili Bokleydj xonim ta`kidlaganidek, ushbu nufuzli tadqiqot muassasasi panohida Germaniyaning infeksion klinikalari tarmog`i faol ish olib boradi. Milliy palata ushbu tarmoq bilan hamkorlikka chaqirilgan. Bu esa germaniyalik mutaxassislar tajribasi, hamda ularning kasbiy munosabatlarini hisobga olgan holda COVID-19 bo`yicha vaqtincha klinik boshqaruv bo`yicha samarali ishga yordam beradi. Albatta, R. Kox nomli Germaniya instituti pandemiya jarayonida to`plagan tavsiyalar Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti hujjatlarida aks etadi. Va pandemiyaga qarshi kurashda dunyoning har xil mamlakatlari shifokorlari ushbu tavsiyalarga amal qiladilar. 

O`zbekiston tajribasi, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo`yicha mamlakatda qo`llanilayotgan tavsiyalar bilan videokonferensiyaning germaniyalik ishtirokchilari Byorn Ensen va Timo Vulflar qiziqib qoldilar. Dyusseldorf va Frankfurt universitetlari shifoxonalari vakillari sifatida ular yaqinda O`zbekistonda bo`lgan, endi esa  COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo`yicha tajribalari bilan bo`lishyapti. Videokonferensiya davomida ular har xil dori vositalarini qo`llash,  dozalarning belgilanishi, va bunda bemorlarning o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olish, JSST tavsiyalarini inobatga olish kabi savollarni qo`ydilar. Videokonferensiya uchun ajratilgan vaqt ishtirokchilarning bir-biriga bo`lgan barcha savollarini qamrab ola olmadi. Tomonlar muzokaralarini ishtirokchilarning kengaytirilgan yig`ilishida davom ettirishga kelishildi. 

Bugungi haqiqiy holatni hisobga olgan holda, tomonlar ishonchli tibbiyotga asoslangani tufayli bemorlarga juda yaxshi ta`sir etayotganklini qo`llanmalar va protokollarning qabul qilinishi uchun fikr almashish muhimligini ta`kidladilar. Ushbu yo`nalish bo`yicha ish davom etadi. 

Shuni qo`shimcha qilamizki, «zamonaviy klinik qo`llanmalar va protokollar, diagnostika va davolash sifatiga oid standartlar, shuningdek, moddiy-texnik jihozlash standartlarini ishlab chiqishni tashkil etish, ularning o`z vaqtida joriy etilishini monitoring qilish» O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi PP-3894-sonli « O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlashni boshqarishning Innovasion modelini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. 

Davlatimiz rahbari tomonidan yangi davlat tizimi oldiga qo`yilgan ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida Sog`liqni saqlash vazirligi va Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi tomonidan 2019 yil 23 dekabrda 59-sonli qo`shma qaror qabul qilingan. Mazkur qaror bilan Milliy klinik protokollarning ishlab chiqarilishini tashkil etish tartibi tasdiqlangan. 

 

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1