AsosiyJamiyat
1970

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi AI-80 ishlab chiqarishni to`liq to`xtatadi

'Buxoro neftni qayta ishlash zavodi AI-80 ishlab chiqarishni to`liq to`xtatadi'ning rasmi

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 2025 yil boshidan Ai-80 benzinini ishlab chiqarishni to`liq to`xtata boshlaydi. Bu haqda ”O`zbekneftgaz“ AJ boshqaruvi raisining qayta ishlash bo`yicha o`rinbosari Odil Temirov 14 may kuni Toshkentda o`tkazilgan Energetika haftaligi doirasida Gazeta.uz'ga ma`lum qildi.

”O`zbekneftgaz” vakili Fransiyaning Axens kompaniyasi bilan parallel ravishda loyihalashtirish ishlarini olib borish uchun uning texnologiyalaridan foydalanish bo`yicha lisenziya shartnomasi ustida ish boshlanganini ham aytib o`tgan.

"Ular asosiy loyihani sentyabrgacha yakunlashlari kerak. Bunga parallel ravishda biz Xitoyning CNPC (China National Petroleum Corporation, bosh pudratchi sifatida tanlangan) bo`linmasi bilan ishlayapmiz, tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. AI-80 benzinidan bosqichma-bosqich voz kechish ishlarini olib bormoqdamiz. Noyabr-dekabr oylarida AI-80 o`rniga AI-91, AI-92 ishlab chiqarishni boshlaymiz, 2025 yil boshidan to`laqonli voz kechish boshlanadi", - degan Odil Temirov.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar