AsosiySUG'DIYONA

Plastik jarrohlikdan xunuklashgan mashhurlar(FOTO)

Plastik jarrohliklikka tez-tez murojaat qilish jahon estrada va kino yulduzlari o`rtasida tabiiy holga aylangan, desak mubolag`a bo`lmaydi. Ammo, “Go`zallashish” muolajasi har doim ham kutilgandek natija beravermaydi. Quyida plastik jarrohlik tufayli xunuklashgan mashhurlarning suratlarini keltirmoqdamiz.

Melani Griffit-plastik jarrohlikka ko`p marotaba murojaat qilgan mashhurlardan.  Botoks muolajasini haddan ortiq ko`p marotaba qabul qilgan aktrisaning lablari oxir-oqibat qimirlamay qoldi.  

Joan Riverzga qarab uning qachonlardir chiroyli tashqi ko`rinishga ega bo`lganligiga ishonish mushkul. Juda ko`p marotaba o`tkazilgan plastik jarrohlik amaliyotlari aktrisaning asl yoshini yashirib, uni go`zallashtirish o`rniga, uni qo`rqinchli qilib qo`ydi.

Madonna anchadan buyon plastik jarrohlikka murojaat qilmayotganini ta`kidlab keladi. Ammo mana bu rasmlarda plastik jarrohlarning xatosi tufayli uning shishgan yuzini ko`rish mumkin.

Moda olamining taniqli namoyondasi Donatella Versache ham plastik jarrohlik qurboni bo`lgan. Moda olamida ko`p narsani biluvchi bu ayol barcha insonlarda pastki lab tepa labdan ko`ra kattarroq bo`lishi kerakligini tushunmaydi, shekilli?

Gollivud yulduzi Meg Rayanning hamma narsasi bor. Sevimli ishi va sevimli insoni hamisha u bilan birga. Plastik jarrohlarning e`tiborsizligi aktrisaning muxlislarini ranjitdi. Ammo aktrisaning o`zi esa bundan xavotirga tushayotganganga o`xshamaydi.

Marhum Maykl Jekson ham kamida 13 marotaba plastik jarrohlikka murojaat qilgan. Bundan tashqari u muntazam parhez tutgani uchun sochlari ham deyarli to`kilib ketgan. Mazkur kamchiligini u parik yordamida yashirishga uringan. Burnining shakli esa notabiiy ko`rinish kasb etgan.

Karla Brunining yuzidagi shishlar uning ham plastik jarrohlik amaliyoti qurboni bo`lganidan dalolat beradi. Uning burniga e`tibor bering. Plastik jarrohlik xatosi tufayli burun shaklining xunuklashgani shundoqqina sezilib turibdi.

27 yoshli aktrisa va xonanda Lindsey Loxan ham plastik jarrohlar xizmatidan bir necha marotaba foydalanganini mazkur rasmlardan ham ko`rish mumkin. Uning tashqi ko`rinishi yoshiga mos emasligi aktrisaning alkogol ichimliklar iste`mol qilishining natijasi.

Nikol Kidman esa plastik jarrohlik amaliyotidan foydalanganini yashiradi. Ammo uning bir necha yil farq bilan tushgan rasmlari aktrisaning plastik jarrohlik qurboni bo`lganini isbotlaydi.

manba:uryuk.uz

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar