O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga muvofiq, "Mehr va muruvvat" jamoat fondi raisi Aziz Oppoqovich To‘raev "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlandi.
Qayd etilishicha, mukofot davlat boshqaruvi organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, xalqning madaniy va intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilishdagi xizmatlari uchun berilgan.
Shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki ham mazkur mukofotga munosib deb topilgan.
Aziz To‘raev davlat mukofoti bilan tavalludining 90 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.






