Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`layotgan mavzu yuzazidan Xalq banki rasmiy munosabat bildirdi.
Pensiya va nafaqa pullarining plastik kartalar orqali to`lanadigan qismi Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi tomonidan joriy yilning 7 sentyabr kuniga qadar to`liq moliyalashtirildi va Xalq banki tomonidan shu kunning o`zida 95 foiz mazkur pensiya va nafaqa mablag`lari plastik kartalarga o`tkazib berildi. Ayrim texnik sabablarga ko`ra qolgan mablag`lar ham bir bank ish kuni mobaynida pensionerlarimizning plastik kartalariga tushirib beriladi.
Bank axborot xizmati ma`lum qilishicha, o`rnatilgan tartibga ko`ra, pensiya pullari har oyning 4 sanasidan 27 sanasiga qadar Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi tomonidan moliyalashtiriladi va Xalq banki tomonidan tarqatiladi.






