1

“Termiz neft bazasi” MChJ tadbirkorlardan 122 mln. so`mdan ortiq miqdorda ortiqcha mablag` undirgan

Iqtisodiyot 10.09.2020, 12:33
“Termiz neft bazasi” MChJ tadbirkorlardan 122 mln. so`mdan ortiq miqdorda ortiqcha mablag` undirgan

2020 yil 1 maydan boshlab avtomobil benzini va dizel yoqilg`isi chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinib, neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ushbu mahsulotlarni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur qaror qabul qilinishidan oldin Ai-80 markali benzin narxi 4500 so`m miqdorida cheklangan bo`lsada, ushbu mahsulot bozor mexanizmi orqali birjada sotilishi yo`l qo`yilgandan so`ng benzin narxi talab va taklifdan kelib chiqib, karantin davrida 3800 so`mgacha tushdi.

Ushbu yo`nalishda erkin savdo shakllangan holatda neft bazalarning vositachi sifatida roli oshdi. Shuning uchun, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan respublikada faoliyat yuritayotgan shaxslar guruhi va monopol hisoblangan neft bazalar faoliyatini monitoring qilish yo`lga qo`yildi.

Jumladan, Qo`mitaning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi o`tkazgan monitoring davomida “Termiz neft bazasi” MChJ tomonidan birja savdolari orqali xarid qilingan yoqilg`i mahsulotlarini yuklab jo`natishda xuquqbuzarliklarga yo`l qo`yilayotganligi aniqlandi.

Jamiyat tomonidan taqdim etilgan ma`lumotga ko`ra, 2020 yil may-iyun oylarida birja savdolari orqali 71 ta shartnoma bo`yicha jami 194,58 tonna yoqilg`i mahsulotlari etkazib berishda, o`rnatilgan tartibga asosan neft bazalarning saqlash va yuklash xarajatlari neftni qayta ishlash zavodlari hisobidan qoplangan bo`lsada, jamiyat tomonidan ushbu xarajatlar qo`shimcha ravishda iste`molchilardan ham undirilganligi, natijada asossiz ravishda jami 122,7 mln so`m miqdorida xaridorlardan qo`shimcha mablag` undirilganligi aniqlandi.

Mazkur holat bo`yicha hududiy boshqarma tomonidan ish qo`zg`atilib “Termiz neft bazasi” MChJga tadbirkorlik sub`ektlaridan 122,7 mln. so`m miqdorida ortiqcha olingan qo`shimcha mablag`ni qaytarish yuzasidan ko`rsatma berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1