1

“O`zbekneftgaz” bazalarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy qilinmoqda

Iqtisodiyot 10.09.2020, 12:42
“O`zbekneftgaz” bazalarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy qilinmoqda

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2020 yil 28 apreldagi Qarori bilan 2020–2022 yillarda “O`zbekneftgaz” AJda uchta loyihaning amalga oshirilishi vazifasi belgilab berilgan.

Qarorga muvofiq “O`zbekneftgaz” AJ tizimidagi korxonalarda moliyaviy, xo`jalik va tashkiliy jarayonlarni monitoring qilish va boshqarishga yo`naltirilgan korporativ axborot tizimini (SAP ERP) joriy qilish, “Raqamli kon konsepsiyasi” hisobida konlardagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va monitoring qilish axborot tizimini joriy qilish, “O`zbekneftgaz” AJ ga qarashli neft bazalarining vertikal va gorizontal sig`imlarining sath-o`lchagichlarini o`rnatish, nazorat va kuzatish uchun avtomatlashtirilgan tizim ishlab chiqish vazifasi belgilab berilgan.

“O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati ma`lum qilishicha, yuqoridagi choralarni amalga oshirish uchun “O`zbekneftgaz” AJ O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, “UZINFOCOM” davlat unitar korxonasi, “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikni yo`lga qo`ygan bo`lib, tizimda korporativ axborot tizimi (SAP ERP)ni joriy etish loyihasini amalga oshirmoqda. hozirda bu borada bir qator ishlab boshlanib, ijobiy ekspert xulosalari olindi.

“Raqamli kon konsepsiyasi” hisobida konlardagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va monitoring qilish axborot tizimini joriy qilish yuzasidan Sho`rtan, Muborak, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho`rtan gaz-kimyo majmualaridagi texnologik qurilmalarning ishlash rejimlari va ma`lumotlarini “O`zbekneftgaz” AJ Markaziy dispetcherlik xizmatiga onlayn tarzda ko`rsatish bo`yicha ishlari deyarli yakunlandi.

Jumladan, “O`zbekneftgaz” AJning ma`muriy binosida Markazlashgan dispetcherlik xizmatini tashkil etishda zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlash ishlari olib borildi va nazorat o`lchov asboblarini montaj qilish, videodevor o`rnatish va ularni dasturga qo`shish ishlari "O`zbekneftgaz" AJning malakali mutaxassislari tomonidan karantin qoidalariga to`liq rioya qilingan holda olib borilmoqda.

“O`zbekneftgaz” AJ ga qarashli neft bazalari vertikal va gorizontal sig`imlarining sath-o`lchagichlarini o`rnatish, nazorat va kuzatish uchun avtomatlashtirilgan tizim ishlab chiqish loyihasi yuzasidan neft bazalarida ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatishni nazorat va monitoring qilish uchun avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish amalga oshirilmoqda.

Axborot kommunikasiya texnologiyalari departamenti tomonidan tajriba loyihasi sifatida “Kuchlik neftbaza” MChJda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy qilish bo`yicha “O`zbekneftgaz” AJ ishlari boshlandi.

“Kuchlik neftbaza” MChJda tayyor mahsulotlar parklarida neft mahsulotlarining hisobini olish avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ASKUNN)ni joriy etish bo`yicha “EMERSON” kompaniyasi, “Maxsusenergogaz” AJ, “AZS Komplekt” MChJ mutaxassislari bilan hamkorlik qilinmoqda.

Hozirda, “Kuchlik neftbaza” MChJda “Iokogava elektrik SNG” MChJ (Rossiya) echimlari asosida 5000 va 2000 kub metr vertikal sig`imlarga programmalashtirish imkoni mavjud bo`lgan “Jumo” sath-o`lchash qurilmasi o`rnatildi va dispetcherlik tizimida onlayn rejimiga chiqarildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1