1

Koronavirus yuqishining eng asosiy sababi aytildi

Savol-javob 10.09.2020, 13:23
Koronavirus yuqishining eng asosiy sababi aytildi

Turli xil marosimlar, to`ylar, tadbirlar, tug`ilgan kunlar koronavirus yuqishining eng asosiy omili hisoblanadi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva «O`zbekiston24» telekanaliga bergan intervyusida aytib o`tdi.

Sevara Ubaydullaevaning ma`lum qilishicha, turli xil marosimlar, to`ylar, tadbirlar va tug`ilgan kunlarni karantin qoidalariga zid ravishda o`tkazish kasallikni yuqish yo`llarini eng asosiy omili bo`lmoqda.

«Tadbirlarda oila a`zolaridan tashqari bir necha tanish-bilish va viloyatlardan bir-biriga yaqin tanish bo`lmaganlarning kelishi kasallikni sog`lom odamga yuqish ehtimolini ko`paytirib beradi. Kasallikni simptomlarsiz kechirayotgan insonlar bilan birga aloqada bo`lib qolib, biror bir yig`inda, bir dasturxon oldida o`tirib, to`y yoki tug`ilgan kun tugagunicha birgalikda ikki metr ijtimoiy masofani saqlamagan holda muloqotda bo`lishi virusni yuqishini kuchaytirmoqda», – dedi mutaxassis.

Sog`lom inson tibbiy niqoblarsiz yarim soatdan ortiq kasal odam bilan muloqotda bo`lsa, organizmga shunchalik ko`p miqdorda virus tushadiki, oylar davomida virusdan qutilish qiyin kechadi.

«Shuning uchun aholidan imkon qadar tadbirlarga ko`p odamlarni jalb qilmaslik va karantin qoidalarga qat`iy rioya etishlarini so`rab qolar edik», – dedi u.

Ma`lumot uchun, O`zbekistonda 8 sentyabr kuni kasallanganlar soni ham, o`limlar soni ham ko`paygani haqida xabar berilgan edi. (https://daryo.uz/k/2020/09/08/ozbekistonda-8-sentabr-kuni-443-kishida-koronavirus-aniqlandi-kasallanganlar-soni-ham-olimlar-soni-ham-kopaydi/) Shuningdek Toshkent shahrida tez yordamga chaqiruvlar ortgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1