AsosiyJinoyat

Qayni o`z pochchasini o`ldirib kanalga oqizib yubordi

'Qayni o`z pochchasini o`ldirib kanalga oqizib yubordi'ning rasmi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Qizlartepa mahalla fuqarolar yig`ini hududidan oqib o`tuvchi kanaldan tan jarohatlari etkazilgan jasad topildi. Bu haqda IIB xabar bermoqda. 

Marhum Sharof Rashidov tumani Sovungarlik mahallasida yashagan, 1978 yilda tug`ilgan, kirakashlik bilan shug`ullangan U.X. bo`lib chiqdi. Sud tibbiy ekspertiza o`limga bosh miya sohasining yopiq jarohati hamda miya to`qimalariga qon quyilishi sabab bo`lganligini ko`rsatdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor surishtiruvlar natijasida jinoyatni u bilan birga istiqomat qiluvchi, qaynisi, 1993 yilda tug`ilgan S.A. sodir etganligi aniqlandi. Ayblanuvchi janjal tufayli pochchasini o`ldirib qo`ygan va jasadni marhumga tegishli avtomashinada kanalga olib borib tashlagan. Avtoulovni esa ko`zdan pana joyda qoldirgan. 

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atildi. Ayni vaqtda S.A. hibsxonada.

Boshqa yangiliklar