Shu yilning 14 sentyabr kuni O`zbekistonda 572 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Toshkent, Surxondaryo, Farg`ona hamda Namangan viloyatlarida jami 524 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 47 995 nafar bemordan 44 526 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 071 nafar bemordan 451 nafari og`ir, 243 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






