AsosiyJamiyat
2059

O`zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 45 mingdan oshdi

'O`zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 45 mingdan oshdi'ning rasmi

2020 yil 15 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 565 (+136) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent viloyatida, 52 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Shayxontohur tumanida yashagan 72 yoshli A.R. (erkak) vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 314 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 53 nafar, Namangan viloyatida 23 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Andijon viloyatida 9 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Farg`ona viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, O`zbekistonda 45 058 (+532) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

Hozirda O`zbekistonda 3 104 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar