Maktablarga pirometr va dozator xarid qilish uchun 17 mlrd so`m sarflangani aniq bo`ldi

Iqtisodiyot 19.09.2020, 16:17
Teglar: pirometr, dozator
Maktablarga pirometr va dozator xarid qilish uchun 17 mlrd so`m sarflangani aniq bo`ldi

Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasining 19 sentyabr holatiga daromad va xarajatlarini e`lon qildi. Unga ko`ra, o`tgan bir oydan ortiq muddatda jamg`armadan yana 1,5 trln so`m sarflangan, jami xarajatlar 9,49 trln so`mga etdi.

Shaxsiy himoya, dezinfeksiyalash, izolyasiya vositalari, test-diagnostika, dori va tibbiy texnika vositalarini xarid qilishga yana 81 mlrd so`m, tibbiy xodimlarini rag`batlantirish hamda SEX uchun 289 mlrd so`m, karantin va davolashda bo`lgan fuqarolarga 175 mlrd so`m, shu jumladan, 43 mlrd so`m ovqatlantirishga, maktablarga pirometr va dozator xarid qilish uchun 17 mlrd so`m, jamoat joylarini dezinfeksiya qilishga 2 mlrd so`m sarflangan.

Jamoat ishlari jamg`armasiga 70 mlrd, bandlikka ko`maklashish jamg`armasiga 110 mlrd so`m, kam ta`minlangan oilalarga 100 mlrd so`m ajratildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1