AsosiyJinoyat

2 mlrd so`m foizsiz kreditni o`z nomiga rasmiylashtirib olgan bank xodimlari fosh etildi

'2 mlrd so`m foizsiz kreditni o`z nomiga rasmiylashtirib olgan bank xodimlari fosh etildi'ning rasmi

Buxoro viloyatida qalbaki hujjatlar tayyorlab, katta miqdordagi kredit mablag`larini naqdlashtirib, talon-toroj qilgan bank boshqaruvchilari fosh etildi. Bank boshqaruvchilarining nayrangi DXX viloyat boshqarmasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida fosh etilgan deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri.

2020 yilning 27 aprel kuni Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamol va yog`ingarchilik 141,6 milliard so`m zarar keltirgan. Shu sabab Prezident ko`rsatmasi bilan etkazilgan zararini bartaraf etish maqsadida banklarning foizsiz kredit ajratishi yo`lga qo`yilgan. Biroq DXX viloyat boshqarmasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining o`rganish xulosalariga ko`ra, foizsiz kreditlar maqsadli foydalanilmagani ma`lum bo`ldi.

Ta`kidlanishicha, ATB «O`zsanoatqurilishbank» bosh ofisi xodimi O.T. hamda shu bankning «To`qimachilik» filiali boshqaruvchisi A.Q.larning o`z nomida zamonaviy issiqxonalar mavjud bo`lgan. 2020 yilning 27 aprelida viloyatda yuz bergan kuchli dovul oqibatida bu ikki shaxsning mulkiga ziyon etmagan bo`lsa-da, ikki mansabdor o`zaro til biriktirgan holda o`ziga tegishli issiqxonalarga jiddiy talafot etgani to`g`risida qalbaki hujjatlar tayyorlagan. Bu ham etmagandek, bank aksiyadorlari kengashini ogohlantirmasdan, jami 2 milliard so`m foizsiz kredit mablag`larini ajratib, o`z issiqxonalarining hisob raqamiga ko`chirgan.

Ikki mansabdor siri fosh etilgach, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda ushbu holat bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 
  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar