1

Niderlandiyaliklarga O`zbekistondan ketirilgan qovunlar yoqib qoldi. Yana 60 tonna qovun etkazib berildi

Iqtisodiyot 20.09.2020, 17:17
Niderlandiyaliklarga O`zbekistondan ketirilgan qovunlar yoqib qoldi. Yana 60 tonna qovun etkazib berildi

«Dunyo» AA Niderlandiyaning “AGF” portaliga tayanib xabar berishicha ayni kunlarda Niderlandiyaga 60 tonna o`zbek qovunlaridan iborat ikkinchi jo`natma etkazib berilgan.

Bundan avvalroq, 31 avgust kuni 20 tonna O`zbekiston qovunlarining birinchi jo`natmasi ushbu mamlakatga olib kelingan edi. Niderlandiyaliklarga ularning ta`mi yoqib qolgan va shu bois O`zbekistonga yangi buyurtma berishgan, deb qayd etmoqda veb-sayt.

«Qovun O`zbekistonning barcha hududlarida etishtiriladi. Biz ushbu mahsulot importini dekabr oyigacha davom ettiramiz», - deb ta`kidlagan “JPF Agri BV” korxonasi rahbari, O`zbekiston eksportchilar uyushmasi biznes-elchisi Nodira Qodir-Abdullaeva.

Uning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston iqlimi qovun, boshqa poliz mahsulotlari va meva-sabzavotlar etishtirish uchun juda qulaydir, demak ishlab chiqarish uchun juda kam pestisidlar talab qilinadi.

Qovun mavsumi yakunlangach, N.Qodir-Abdullaeva quritilgan mevalar (mayiz, turshak va qovun qoqisi), eryong`oq, bodom va turli dukkakli mahsulotlarni import qilishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, anor hamda xurmo mevalariga ham qiziqish mavjud. Bundan tashqari u kelajakda gilos va o`rik import qilish niyatida.

O`zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, Niderlandiya O`zbekistondan keltirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari, jumladan, yangi uzilgan va quritilgan mevalar, ayniqsa, qora va oq mayiz hamda yong`oqlar uchun istiqbolli bozor hisoblanadi. Bozor tadqiqotlari, shuningdek, poliz mahsulotlari, ayniqsa, xushta`m o`zbek qovunlarini sotib olishga bo`lgan qiziqish katta ekanini ko`rsatdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1