Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Yunusobod tumanida qotillik sodir etilganligi yuzasidan xabar tarqaldi.
Ayni paytda Bosh prokuratura ushbu mudhish hodisa yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.
Aniqlanishicha, 2020 yil 20 sentyabr kuni soat 06.00 larda Yunusobod tumani, A.Temur ko`chasida joylashgan tungi klubidan chiqqan shaxslar ko`chada turgan boshqa bir guruh shaxslar bilan o`zaro janjallashgan.
Janjal vaqtida, fuqaro S.X. yonida bo`lgan pichoq bilan 4 nafar shaxsga bir necha martotaba tan-jarohatlari etkazib, hodisa joyidan yashiringan.
Oqibatda, 2 nafar shaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarini hayoti saqlab qolingan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan S.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
S.X. prosessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.