1

Sirdaryoda "Instagram"da terrorchilikni targ`ib qilgan shaxslar ushlandi

Jinoyat 26.09.2020, 20:39
Teglar: Sirdaryo, Instagram, Terrorchilik
Sirdaryoda "Instagram"da terrorchilikni targ`ib qilgan shaxslar ushlandi
  

Sirdaryo viloyati IIB hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirda fuqaro J.B.ga tegishli bo`lgan “RedMi Note 9” rusumli telefon apparati xolislar ishtirokida bayonnoma asosida olinib, ko`zdan kechirilganda, fuqaro J.B. ushbu telefon apparati orqali Internet tarmog`ining “Instagram” ijtimoiy tarmog`ida o`ziga tegishli profil ochib, o`z sahifasiga diniy mazmundagi aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan materiallarni joylashtirish orqali o`zining sahifasiga a`zo bo`lgan boshqa profil foydalanuvchilariga tarqatganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha Qo`mita ekspertlik guruhining xulosasiga ko`ra, fuqaro J.B.ning “RedMi Note 9” rusumli telefon apparatining fayllarida noma`lum shaxs tomonidan kuylangan arab tilidagi qo`shiq keltirilgan bo`lib, unda hozir urush boshlangani va u qiyomatgacha davom etishi, qurolni yalang`ochlash kerakligi, jihod va urush yo`q deb aytayotganlar yolg`on gapirayotgani haqida fikrlar yozilganligi, ushbu ma`lumotlar aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilganligi sababli ularni O`zbekiston Rechpublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanganligi ko`rsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro J.B.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244.1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Sirdaryo daryosida 11 kishi cho`kib ketdi, 6 nafar jasad olib chiqildi (video)

22.08.2023, 12:38

Qozog`istonning Turkiston viloyatidan o`tgan Sirdaryo daryosida 11 kishi suzish uchun belgilanmagan joyda cho`milish chog`ida cho`kib ketdi, deb xabar berdi "Kazinform" Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga...
Sirdaryoda "Lacetti" va "Nexia-2" ishtirokidagi YTHda 4 kishi halok bo`ldi (video)

07.09.2022, 12:25

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida sodir bo`lgan YTHda to`rt kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, joriy yil 3 sentyabr kuni...
Sirdaryodagi xonadonda 14 yoshli qiz o`ldirib ketildi

23.08.2022, 09:26

Sirdaryoda qotillik jinoyati sodir etildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar qildi. Ma`lum qilinigicha, 20 avgust kuni soat 04.00larda noma`lum shaxs...
Sirdaryoda "Jiguli", "Nexia-3" va "Isuzu" rusumli yuk avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo`ldi (video)

22.06.2021, 14:17

 Joriy yilning 22 iyun kuni soat 12:00 larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o`tgan M-34 avtomobil yo`lining 98-kilometrida "Vaz-2106", "Neksiya-3" rusumli engil avtomobillar va "Isuzu"...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1