AsosiyIqtisodiyot

Jizzaxda xorijga 3 million 244 ming AQSh dollari qiymatidagi kovul eksport qilindi

'Jizzaxda xorijga 3 million 244 ming AQSh dollari qiymatidagi kovul eksport qilindi'ning rasmi

Bir paytlar e`tibordan chetda bo`lgan va adirlarda, cho`l-biyobonlarda o`sadigan kovul bugunga kelib ildizidan to bargigacha shifobaxsh ekanligi va unga talab yuqoriligi hech kimga sir emas. Aniqrog`i, yaqin yillargacha shunday xazinadan bexabar bo`lib kelganmiz. Bugungi kunga kelib kovuldan farmasevtika, oziq-ovqat sanoatida va  xalq tabobatida keng foydalanilmoqda.  

Bojxona qo`mitasining xabar berishicha, Jizzax viloyat hududida hozirgi kunga qadar 12 ta eksportyor korxonalar kovul eksporti bilan shug`ullanib kelmoqda. Joriy yilning 8 oyi davomida jami  3 million 244 ming AQSh dollari qiymatidagi 1909 tonna kovul “Jizzax” TIF bojxona postida eksportga rasmiylashtirilgan.

Kovul asosan G`allaorol, Zomin va Sharof Rashidov tumanlaridagi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan asosan Turkiya va Ispaniyaga eksport qilingan.  

 

    Boshqa yangiliklar