2020 yil 2 oktyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 57 776 (+130) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: 78 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Farg`ona viloyatida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 8 nafari Sirdaryo viloyatida, 7 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. E`tiborli jihati, bugun: Toshkent shahrida 330 nafar, Toshkent viloyatida 91 nafar, Buxoro viloyatida 20 nafar, Samarqand viloyatida 20 nafar, Andijon viloyatida 12 nafar, Jizzax viloyatida ham 12 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib yurtimizda 54 456 (+501) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan. Hozirda mamlakatimizda 2 845 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 573 nafari og`ir, 252 nafari o`ta og`ir ahvolda. | |
02.10.2020 20:28
2-oktyabr. Yurtimizda 501 nafar bemor koronavirusdan sog`aydi






