AsosiyIQTISODIYOT

Shahrisabzdagi bo`sh turgan mehmonxona turk kompaniyasiga 5,83 mlrd.so`mga sotildi

Turk kompaniyasi Shahrisabz shahridagi bo`sh turgan mehmonxonani 5,83 mlrd.so`mga sotib ol...

'Shahrisabzdagi bo`sh turgan mehmonxona turk kompaniyasiga 5,83 mlrd.so`mga sotildi'ning rasmi

Turk kompaniyasi Shahrisabz shahridagi bo`sh turgan mehmonxonani 5,83 mlrd.so`mga sotib oldi, deya xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati hokimligi Matubot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, pandemiya mamlakatimizga kirib kelishidan avvalroq, 5 mart kuni viloyat hokimi Zoyir Mirzaev "Bengi Temizlik servis ve egitim hizmetleri" turk kompaniyasi vakillari bilan investisiyaviy hamkorlikni amalga oshirish bo`yicha uchrashgan.  

Viloyat hokimining o`rinbosari O.Shagazatovning ma`lum qilishicha, xorijiy korxona direktori Bengi Ibrahim bilan Shahrisabz shahrida joylashgan qurilishining bir qismi tugallangan savdo hamda maishiy xizmat ko`rsatish va ikki qavatli mehmonxonaga mo`ljallangan bino inshootini sotib olish bo`yicha mahalliy investor "Xalq banki" bilan ikki tomonlama shartnoma imzoladi.

Xaridor qisqa muddatda ushbu bino inshootni zamonaviy mehmonxonaga aylantirishini rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar