“Ustozlar va murabbiylar” kuni bayrami sharafiga, ushbu og`ir davrda barcha pedagoglarga va tibbiy xodimlarga samimiy minnatdorchilikni bildirgan holda, UzAuto Motors “Hamyonbop avtomobil” aksiyasini e`lon qildi.
Aksiya shartlariga ko`ra, avtomobilni 40 foizdan 70 foizgacha boshlang`ich badal bilan 12 oydan 36 oygacha davrga muddatli to`lov asosida sotib olish mumkin. To`lov muddati va boshlang`ich badal miqdori tanlangan modelga bog`liq bo`ladi.
Joriy yil 31 oktyabrga qadar siz taqdim etilgan avtomobillar modellarini quyidagi shartlarda sotib olishingiz mumkin:
🚗 Spark AT – oyiga 2,5 mln so`mdan, 12 oygacha
🚗 Nexia AT – oyiga 2,8 mln so`mdan, 12 oygacha
🚗 Tracker MT/AT – oyiga 3,8 mln so`mdan, 36 oygacha
🚗 Trailblazer – oyiga 4,9 mln so`mdan, 36 oygacha
Muddatli to`lovni UzAuto Motors rasmiy dilerlik markazlarida minimal hujjatlar to`plami bilan rasmiylashtirish mumkin. Faqat O`zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti va STIR so`raladi, xolos.
Tracker yoki Trailblazer avtomobillarini 100% pulini to`lab sotib olmoqchi bo`lganlarni quyidagi chegirmalar kutadi:
Tracker LT A/T: 10% chegirma – 22 mln so`mdan ziyod foyda
Trailblazer: 7% chegirma – 27 mln so`mdan ziyod foyda
Tafsilotlari qiziqtirsa, kompaniyaning dilerlariga yoki +998 78 141-77-77 raqami orqali call-markazga murojaat qilish mumkin.
Ma`lum qilinishicha, aksiya doirasida, muddatli to`lov hisobiga, avtomobillar narxi amaldagi narxlardan farq qilishi mumkin.
Taklif 2020 yil 31 oktyabrgacha (shu sana ham kiradi) amal qiladi.






