AsosiyIqtisodiyot

“O`zbekneftgaz”: “Alan” konida kunlik 80 ming kub metr tabiiy gaz va 1,9 tonna gaz kondensati olinadigan quduq ochildi

'“O`zbekneftgaz”: “Alan” konida kunlik 80 ming kub metr tabiiy gaz va 1,9 tonna gaz kondensati olinadigan quduq ochildi'ning rasmi

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Alan” gazkondensat konidagi 213-sonli quduqda burg`ilash ishlari tugatilib, 2950–2840 metr oralig`iga filtr-xvostovik tushirildi.

Quduqni o`zlashtirish ishlaridan so`ng, kunlik 80 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1,9 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

“O`zneftgaz burg`ilash ishlari” MChJ tomonidan olib borilgan burg`ilash ishlari tugatilib, hozirda ushbu quduq gaz kollektoriga qo`shilgan.

Shuni alohida ta`kidlash joizki, ushbu quduq “O`zbekneftgaz” AJning 2020 yilda o`z kuchi bilan burg`ilab ishga tushirishi ko`zda tutilgan 20 ta quduqdan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar