AsosiyJinoyat

Surxondaryolik og`ufurush qo`lga olindi

'Surxondaryolik og`ufurush qo`lga olindi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati IIB JQB giyohvandlik vositalarini noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan katta miqdordagi giyohvandlik moddasi savdosiga chek qo`yildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar bermoqda.

O`tkazilgan tezkor tadbir davomida Denov tumanida yashovchi fukaro U.X. 155 dona gugurt qutisiga joylagan “marixuana” giyohvandlik moddasini “X” ismli mijozga 54 000 000 million so`m evaziga sotayotgan vaqtida ushlandi. Tezkor xodimlar tomonidan sotuvchi va mijoz jinoyat ustida qo`lga olindi. Hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 
  

Boshqa yangiliklar