AsosiyIqtisodiyot

Byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg`armasi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi

'Byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg`armasi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat qarori (640-son, 09.10.2020 y.) bilan Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg`armasi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

 Nizomga muvofiq, Tarmoqlararo energiyani tejash jamg`armasining asosiy maqsadi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda hamda aholi xonadonlarida energiya samaradorligi loyihalarini amalga oshirishga investisiyalarni jalb qilish va moliyalashtirish hisoblanadi.  

Jamg`arma mablag`laridan, jumladan, binolar va ko`p kvartirali uylarning energiya samaradorligini oshirish, issiqlik himoyasini yaxshilash bo`yicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlashni moliyalashtirish, shuningdek energiya auditini o`tkazish uchun foydalaniladi.

 Jamg`arma Direksiyasining ijrochi direktori Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligining buyrug`i bilan lavozimga tayinlanadi.

Nizomga ko`ra, loyiha tashabbuskori Jamg`armadan moliyaviy mablag` jalb etish uchun onlayn Direksiyaga (energoservis saytiga) buyurtma to`ldirish orqali murojaat qiladi.

 Buyurtma ekspert guruhi tomonidan 5 ish kunida ko`rib chiqiladi.  

 Ekspert guruhi tomonidan moliyaviy mablag` ajratish to`g`risida xulosa berilgan loyihalar bo`yicha Direksiya tomonidan bir hafta muddatda taklif tayyorlanib, kuzatuv kengashiga qaror qabul qilish uchun kiritiladi.  

Direksiya Kuzatuv kengashi tomonidan mablag` ajratish to`g`risida qaror qabul qilgan kundan keyin bir kun muddatda energoservis sayti orqali onlayn tarzda qarz oluvchiga ma`lumot beradi.  

Jamg`armadan mablag` ajratilishi Jamg`arma va qarz oluvchi o`rtasida shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar