AsosiyIqtisodiyot

Endi yoshlar va xotin-qizlarga 33 million so`mgacha mikrokreditlar ta`minotsiz 3 yil muddatgacha 6 oylik imtiyoz bilan beriladi

'Endi yoshlar va xotin-qizlarga 33 million so`mgacha mikrokreditlar ta`minotsiz 3 yil muddatgacha 6 oylik imtiyoz bilan beriladi'ning rasmi

“Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanalida ma`lum qilindi. 

 Qarorga muvofiq, 2020 yil 15 noyabrdan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko`nikmalariga o`qitishni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning quyidagi tartiblari joriy etiladi:

- Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan o`quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka o`qitish bo`yicha nodavlat ta`lim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so`mdan ortiq bo`lmagan miqdori davlat tomonidan kompensasiya qilinadi;

- ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan shaxslarga o`z biznesini tashkil etish uchun mikrokredit ajratiladi.  

 “Mikrokreditbank” ATB tomonidan nodavlat ta`lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan:

▪️tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga o`z biznesini tashkil etish uchun 33 million so`mgacha mikrokreditlar ta`minotsiz ajratiladi;

▪️mikrofirma va kichik korxona ta`sis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sug`urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasining kafilligi asosida 225 million so`mgacha mikrokreditlar ajratiladi.

 Bunda mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.

 Qarorga ko`ra, Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko`nikmalariga o`qitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish maqsadlariga 100 million AQSh dollari ekvivalentida mablag` ajratiladi.  

 2022 yil 1 yanvardan Tadbirkorlikka o`qitishning yagona tizimi ishga tushiriladi.  

2021 yil 1 yanvarga qadar “Mikrokreditbank” ATBning aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo`yicha yangi biznes modeli ishlab chiqiladi.  

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi aholini tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash, xususan, ularni o`qitish, mikrokredit ajratish bo`yicha ishlarni muvofiqlashtirish borasida vakolatli davlat organi etib belgilandi. 

    Boshqa yangiliklar