Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tuman bo`limi tomonidan tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar S.J. va B.K.lar noqonuniy daromad orttirishni ko`zlab oldindan til biriktirib, fuqaro B.O.ga umumiy vazni 266,48 gramm bo`lgan uch dona “Plat” deb nomlangan metallni firibgarlik yo`li bilan o`tkazish maqsadida, ushbu metall qimmatbaho ekanligiga ishontirib, har bir grammini 900 ming so`mdan hisoblab, 25 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan, 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar. Ekspertiza xulosasiga ko`ra, qonunbuzarlardan olingan uch dona qizg`ish rangli quyma metall bo`laklari tarkibida qimmatbaho metallar mavjud emasligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan S.J. va B.K.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168˗moddasi 4˗qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. |
17.10.2020 18:20