AsosiyIqtisodiyot

Eksportoldi moliyalashtirish uchun kompensasiya va kafilliklar taqdim etiladi

'Eksportoldi moliyalashtirish uchun kompensasiya va kafilliklar taqdim etiladi'ning rasmi

“Eksport faoliyatini moliyaviy qo`llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 yanvarga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi eksport qiluvchilarga:

 eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan, aylanma mablag`lar uchun ajratiladigan kreditlar bo`yicha tijorat banki tomonidan belgilangan kredit foiz stavkasi va miqdoridan qat`i nazar:

•  milliy valyutadagi kreditlar bo`yicha foiz xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 10 foiz banddan ko`p bo`lmagan miqdorda;

•  chet el valyutasidagi kreditlar bo`yicha foiz xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 5 foiz banddan ko`p bo`lmagan miqdorda kompensasiyalar taqdim etadi;

 tijorat banklarining eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan, aylanma mablag`lari uchun beriladigan kreditlari bo`yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard so`mdan oshmagan miqdorda kafillik beradi;

ijobiy kredit tarixiga ega bo`lsa, avval olgan kreditlari bo`yicha qarzdorligi bo`lishidan qat`i nazar, eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan, aylanma mablag`lar uchun qo`shimcha olinadigan kreditlari bo`yicha yuqorida belgilangan miqdorlar va shartlarda kompensasiya va (yoki) kafilliklar taqdim etadi;

taqdim etiladigan kafilliklar bo`yicha komissiya to`lovlarini 2 baravarga kamaytirilgan miqdorda undiradi.

Qaror bilan Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag`batlantirish agentligiga qator qo`shimcha vazifalar yuklatildi.

Agentlikka yuklanayotgan qo`shimcha vazifalarni amalga oshirish uchun uning huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Eksportni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar