AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistondagi qator davlat ko`chmas mulk ob`ektlari to`liqligicha xususiy sektorga sotiladi

'O`zbekistondagi qator davlat ko`chmas mulk ob`ektlari to`liqligicha xususiy sektorga sotiladi'ning rasmi

“Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi. 

Farmon bilan:

- Transformasiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo`jalik birlashmalari ro`yxati;

- Korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etiladigan, operasion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro`yxati;

- Xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investisiyaviy jozibadorligini oshirishning manzilli dasturlari orqali ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat aktivlari ro`yxati;

- Davlat aksiya paketlari (ulushlari) to`lig`icha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar ro`yxati;

- Xususiy sektorga sotiladigan davlat ko`chmas mulki ob`ektlari ro`yxati tasdiqlandi.

 Farmonga ko`ra, 32 ta yirik davlat korxonalari va xo`jalik birlashmalari transformasiya qilinadi. 15 ta davlat ko`chmas mulk ob`ektlari xususiy sektorga sotiladi.

Shuningdek, Farmon bilan:

- 274 ta davlat ulushlari bor korxona;

-109 ta gazeta, nashriyot va jurnallar;

- 26 ta axborot texnologiyalari korxonalari va kompyuter xizmatlari ko`rsatish markazlari;  

- 27 ta xususiy sektor rivojlangan sohadagi tibbiyot muassasalari;

 -12 ta yog`-moy sanoati korxonalari;

- 31 ta vinochilik tarmog`i va sharob savdo korxonalari to`liqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotilishi belgilandi.

Davlat aktivlarini sotib oluvchilar to`lovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bo`lib-bo`lib to`lash sharti asosida amalga  

oshirishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar