AsosiySavol-javob

Afg`on urushi qatnashchilari va nogironlariga soliqdan qanday imtiyozlar bor?

'Afg`on urushi qatnashchilari va nogironlariga soliqdan qanday imtiyozlar bor?'ning rasmi

Ko`pchilik afg`on urushi qatnashchilarini qiziqtirgan mazkur savolga Davlat soliq qo`mitasi katta inspektori Zafar RAHIMJONOV javob berdi...

— Yangi tahrirda qabul qilingan Soliq kodeksining 421-436-moddalariga muvofiq, urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va er soliqlaridan to`liq ozod qilinadi. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo`limining yoxud boshqa vakolatli organning ma`lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bo`lgan huquqi to`g`risidagi guvohnoma asosida beriladi. Ushbu soliq imtiyozlari, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo`jaligini yuritish uchun berilgan er uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazishni amalga oshiruvchi organda ro`yxatdan o`tkazgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq to`lovchining tanlovi bo`yicha faqat bitta yashash uchun mo`ljallangan ko`chmas mulk ob`ektiga tatbiq etiladi.

Shuningdek, soliq imtiyozlariga ega bo`lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini er uchastkasi joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
 

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar