Korxona yoki tashkilot ishchisida koronavirus aniqlansa, ular korxona hisobidan davolanadimi yoki bu ko`rsatma bekor qilinganmi? Bu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Odilova javob berdi. — Korxona va tashkilotlarda ish beruvchining mehnat muhofazasi va texnika xavfsizgi qoidalariga rioya qilgan holda ishni tashkillashtirmagani oqibatida ishchi ish vaqtida turli jarohat va kasb kasalliklari yuzaga kelsa, bunda uning davolanishi va reabilitasiya jarayoni uchun ketgan mablag` ish beruvchi tomonidan qoplanishi mumkin. Ushbu holat ekspertlar tomonidan tasdiqlangan bo`lishi kerak. Murojaatdagi holatda bu tibbiyot xodimi bo`lib, u ish faolityati jarayonida kasallik yuqtirsa, unga etkazilgan zararni qoplash yuzasidan respublka komissiyasining maxsus ko`rsatmalari va tegishli me`yoriy hujjatlar mavjud. Ammo Siz kasallikni qaerda yuqtirganingiz noaniq bo`lgani uchun ushbu holatda ish beruvchi mas`ul emas. Shuningdek, Siz «O`zekspomarkaz»da davlat hisobidan davolanganingizni ham unutmaslik kerak. |
30.10.2020 22:38
Korxona yoki tashkilot ishchisida koronavirus aniqlansa, ular korxona hisobidan davolanadimi?
