AQSh Prezidenti Donald Tramp juma kuni fuqarolar yaqin haftalarda normal hayotga qaytishlari mumkin bo`lishini aytdi.Bu haqda "Uzreport.uz" xabar berdi. Bayden esa huddi shu kuni amerikaliklarni oldinda uzoq va murakkab kunlar kutib turayotganini ta`kidladi. "Rejamga ko`ra, yaqin haftalarda AQSh fuqarolari vaksinani qo`llariga olishlari mumkin bo`ladi. Mabodo vaksina bo`lmasa ham, odamlarni normal hayotga qaytarish uchun reja bor. Ammo vaksina paydo bo`lsa, uni birinchilardan bo`lib katta yoshdagilar bepul olishlari mumkin bo`ladi. Virusning paydo bo`lishida ularning aybi yo`q. Bizning aybimiz yo`q. Hammasiga Xitoy aybdor. Bizning vaksinamiz virusni yo`q qilib yuborishga qodir. Kelasi yil AQSh iqtisodiyoti uchun tarixdagi eng zo`r yil bo`ladi”, - dedi Tramp Minnesotadagi o`z nutqida. |
31.10.2020 15:06