Joriy yilning 5 noyabr kuni soat 03:30larda Toshkent shahar, Olmazor tumani, Keles yo`li ko`chasida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko`ra, haydovchi, 1991 yilda tug`ilgan Q.T. “Spark” rusumli avtomobil tezligini me`yoridan oshirgan holda harakatlanayotib, boshqaruvni yo`qotgan va yo`l chetidagi daraxtga urilgan.


Hodisa oqibatida “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi, 29 yoshli Q.T. og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtomobil yo`lovchisi, 34 yoshli K.Q. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.