AsosiyIqtisodiyot

O`zbekiston 10 oyda 18 ming tonnaga yaqin olma eksport qildi

'O`zbekiston 10 oyda 18 ming tonnaga yaqin olma eksport qildi'ning rasmi

O`zbekistonda joriy yilning o`tgan 10 oyi davomida 7 mln 952 ming AQSh dollari qiymatidagi 17 869 tonna olma eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.

Davlat bojxona qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, olmaning 41 foizi Qozog`istonga va 30 foizi Rossiyaga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda olmaning eksporti Tojikistonga 2,3 barobarga, Birlashgan Arab Amirliklariga 2,2 barobarga va Rossiyaga 1,2 barobarga ortgan.

Joriy yildan ilk bora yurtimizdan Belarus, Mo`g`uliston, Chexiya va Ukrainaga olma eksporti yo`lga qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar