AsosiySiyosat

Oʻrta Chirchiqda portlash: bir oiladan 4 kishi halok boʻldi

Fojia tungi payt sodir bo‘lib, yong‘in ogir oqibatlarga olib kelgan.

'Oʻrta Chirchiqda portlash: bir oiladan 4 kishi halok boʻldi'ning rasmi

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi O‘rta Ovul mahallasida xonadonlardan birida portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida bir oiladan to‘rt nafar inson halok bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1996 yilda tug‘ilgan erkak va uning uch nafar farzandi portlashdan keyin kelib chiqqan yong‘in tufayli vafot etgan. Oilaning ayoli hamda erkakning onasi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Guvohlarning aytishicha, kuchli portlash tungi soatlarda sodir bo‘lib, butun mahalla ahlini hushyor torttirgan. Qo‘shnilardan biriga ko‘ra, marhum erkak fojia paytida yaqinlarini qutqarishga harakat qilgan — u ayoli va onasini deraza orqali chiqarib yuborgan, ammo bolalarini qutqarishga uringanda o‘zi ham halok bo‘lgan.

Hozircha portlash sabablari rasman ochiqlanmagan. Voqea joyida tegishli idoralar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar