Donald Trampning 2025 yilda boshlangan ikkinchi prezidentlik muddati davomida kamida 77 ta sud qarorida uning ma'muriyati keskin tanqid qilingan. Qarorlar 69 nafar federal sudya tomonidan chiqarilgan bo'lib, ular orasida Trampning o'zi tayinlagan 11 nafar sudya ham bor. Bu haqda CNN ma'lum qildi.
Sudyalarning asosiy e'tirozlari hokimiyat vakolatlaridan suiiste'mol qilish, noqonuniy deportatsiyalar, so'z erkinligiga tahdid va siyosiy bosim bilan bog'liq holatlarga qaratilgan. Tahlilga ko'ra, tanqidlarning 35 tasi immigratsiya siyosati bilan bog'liq ishlar bo'yicha bildirilgan.
Jorjtaun universiteti Siyosiy markazi tahlilchisi Stiv Vladek fikricha, sud tizimining tanqidlari faqat bir siyosiy qanotga xos emas, chunki qarorlar demokratlar va respublikachilar tayinlagan sudyalar tomonidan chiqarilgan.
Ayni paytda Oq uy tanqidlarni rad etmoqda. Ikkinchi davr boshlanganidan buyon prezident farmonlari va boshqa qarorlar yuzasidan 800 dan ortiq da'vo arizasi berilgan.






