AsosiyBU QIZIQ

Bugun ob-havo qanday bo‘lishi aytildi

Joriy hafta davomida O‘zbekiston hududida havo harorati pasayadi.

'Bugun ob-havo qanday bo‘lishi aytildi'ning rasmi

Respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30–35 daraja atrofida, janubda esa 37 darajagacha bo‘ladi.

Bugun, 29 iyun kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Joriy yilning 1 iyul kuni respublikaning shimoliy-g‘arbiy hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq kuzatiladi.

2 iyul kuni markaziy viloyatlarning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, 3 iyul kuni esa O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy va cho‘l hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Toshkentda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 32–34 daraja bo‘ladi.

Ertaga, 30 iyun kuni vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi 30–32 daraja bo‘ladi.

1–3 iyul kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat 2 iyul kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati asosan kunduzi 31–34 daraja bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar