AsosiyMadaniyat

Burak Deniz qonida gʻiyohvand moddalar aniqlandi

Turkiyalik mashhur aktyor Burak Denizdan olingan tahllilar natijasida uning qoni va soch namunalarida taqiqlangan moddalar borligi maʼlum boʻldi.

'Burak Deniz qonida gʻiyohvand moddalar aniqlandi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, tekshiruvlar Sud tibbiyot institutida o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, Serra Pirinch va Enes Guler bilan birga olingan namunalarda “marixuana” va “kokain” moddalari aniqlandi. Shuningdek, qo‘shiqchi Utku Unsalda “marixuana”, Simge Sag‘inda esa dori tarkibidagi faol modda borligi qayd etilgan.

Aytilishicha, mazkur holatdan so‘ng Burak Deniz jinoyiy javobgarlikka tortilishi, shuningdek reklama va boshqa shartnomalardan mahrum bo‘lishi mumkin. U avval ham mast holatda turli mojarolarga aralashgani aytilmogda.

Ma’lumot uchun, Burak Deniz 35 yoshda bo‘lib, u aktyorlik faoliyatini “Kollej kundaligi” seriali orqali boshlagan. Keyinchalik “Qochoq” va “Bizning hikoya” kabi loyihalar orqali keng omma e’tiboriga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, u avvalroq Istanbulda giyohvandlikka qarshi operatsiya doirasida qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

    Boshqa yangiliklar