AsosiySIYOSAT

Prezident Shavkat Mirziyoev Chilonzor tumani faollari ishtirokida yig`ilish o`tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkentning Chilonzor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy et...

'Prezident Shavkat Mirziyoev Chilonzor tumani faollari ishtirokida yig`ilish o`tkazdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkentning Chilonzor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish masalalari muhokamasi yuzasidan mahalla raislari, yoshlar, mutasaddilar ishtirokida yig`ilish o`tkazdi.

– Bugun tumanda «o`sish nuqtalari»ni aniqlab, iqtisodiyotni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish bo`yicha vazifalarni belgilab olishimiz kerak, – dedi davlatimiz rahbari tadbir avvalida.

Chilonzorda 51 ta mahalla bor. Iqtisodiy faol aholining 9 foizi ishsiz. Kishi boshiga sanoat hajmi Toshkent shahridagi o`rtacha ko`rsatkichdan 2 barobar past.

Shu bois mahallalardagi rezervlar o`rganilib, tumanni kompleks rivojlantirish bo`yicha ikki yillik dastur ishlab chiqildi. U ettita asosiy yo`nalishni qamrab olgan.

 Dasturga ko`ra, qurilish materiallari, oziq-ovqat, to`qimachilik, kimyo, farmasevtika, zargarlik kabi sohalarda umumiy qiymati 10 trillion 238 miliard so`mlik 298 ta investisiya loyihasi shakllantirilgan.

Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag`allikni qisqartirish, yo`l va kommunal tarmoqlarni ta`mirlash, tibbiyot va ta`lim sohalarida yangi islohotlarni joriy etish, jinoyatchilikni qisqartirish bo`yicha dolzarb vazifalar belgilandi.

– Agar mahallabay ichiga kirsak, odamlar adolatni sezadi, – deya ta`kidladi Prezident.

Davlatimiz rahbari yig`ilishga kelgan yoshlarning fikrlarini tingladi. Ularning barcha takliflarini qo`llab-quvvatlab, ijrosi bo`yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

– Toshkentda yoshlar bilan ishlash bo`yicha yangi tizim bo`ladi, – dedi Shavkat Mirziyoev. – Shahar yoshlari forumi o`tkaziladi. Toshkent yoshlari karvonboshi bo`lishi kerak.

Poytaxt tumanlarida «loyihalar fabrikasi» tashkil etib, yoshlarning biznes tashabbuslarini amalga oshirishga ko`maklashish zarurligi qayd etildi.

– O`zbekistonning ertangi kunini peshona terimiz bilan yaratamiz. Kim bu ishlarni qiladi? Vatanni sevgan, fidoyi insonlar! Yo`limiz bitta: odamlarga halol xizmat qilish, xalqimizning roziligiga erishish, – dedi davlat rahbari yig`ilish yakunida.

 

Boshqa yangiliklar