AsosiySiyosat

Vashington shahrida O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya AQSh Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller bilan uchrashdi

'Vashington shahrida O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya AQSh Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller bilan uchrashdi'ning rasmi

2020 yilning 19 noyabr kuni Vashington shahrida O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya AQSh Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o`rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlari muhokama qilindi.

Kristofer Miller O`zbekistonga Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta`minlashda etakchi rol o`ynayotgani uchun minnatdorlik bildirdi va Amerika Qo`shma Shtatlari xavfsizlik bilan bog`liq umumiy muammolarni hal qilishda O`zbekiston bilan aloqalarni davom ettirishini tasdiqladi. Pentagon rahbari, shuningdek, mamlakatimizning afg`onlararo tinchlik muzokaralarini olib borish, Afg`onistonni iqtisodiy tiklash va uning Markaziy Osiyo mintaqasiga integrasiyasini qo`llab-quvvatlash borasidagi sa`y-harakatlarini mamnuniyat bilan qayd etdi. Tomonlar Afg`onistondagi tinchlik jarayonini bundan keyin ham ilgari surish va barqaror siyosiy kelishuv maqsadini qo`llab-quvvatlashda qat`iy ekanliklarini tasdiqladilar.

Ikki tomon ham harbiy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini tasdiqladilar va terrorizmga qarshi kurash, chegara xavfsizligi va mudofaa muassasalari salohiyatini oshirish kabi masalalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishlarini ta`kidladilar.

 

Boshqa yangiliklar