1

Energetika vazirligi esa ilm-fan va atom festivalini o`tkazmoqchi

Hi-tech 22.11.2020, 23:56
Energetika vazirligi esa ilm-fan va atom festivalini o`tkazmoqchi

Ilm-fan, innovasiyalar va yadro texnologiyalari haqidagi ishonchli ma`lumotlarni qaerdan olish mumkin? Albatta, 2020 yil 27 va 28 noyabr kunlari bo`lib o`tadigan ilm-fan va atom onlayn festivalida, deb yozmoqda vazirlikning telegramdagi rasmiy kanali.

Ma`lum qilinishicha, bu festival mamlakatning etakchi olimlari va ekspertlaridan ilg`or texnologiyalar va ilmiy yutuqlar haqida bilib olish uchun ajoyib imkoniyat bo`ladi.

Shuningdek, tadbirda ishtirokchilarni:

O`zbekiston va Rossiyaning etakchi olimlari bilan jonli translyasiya.

Ilm-fan, texnika va yadro texnologiyalari haqidagi savollar bilan onlayn viktorina.

O`zbekistonning atom tarmog`i rivojlangan noyob joylarga virtual tashrif.

«Kelajak kasbini o`zimiz uchun qanday tanlashimiz lozim?» munozarasi va boshqalar.

Tadbirlar o`zbek va rus tillarida bo`lib o`tadi.

Festival 2020 yil 27 noyabrda soat 11:00 da vazirlikning Youtube kanalida boshlanadi, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1