1

“Uyimning avvalgi egasini ro`yxatdan qanday chiqaray?”

Savol-javob 30.01.2016, 16:21
“Uyimning avvalgi egasini ro`yxatdan qanday chiqaray?”

"Toshkent shahridan oldi-sotdi shartnomasi asosida uy sotib olgandik. Shartnomada uyning avvalgi egasi bir oy ichida ro`yxatdan o`chirilishini qayd qilib, imzo chekkandi. Ammo mana, ikki yildan oshiqroq vaqt o`tdi, hamon u shartnomadagi talabni bajarmadi. Ayting-chi, bunday hollar qanday tartibga solinadi?"

D.Ziyotova, Toshkent shahri

B.ShORIXSIEV, Ichki ishlar vazirligi Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig`i:

—  Mazkur holat bo`yicha Ichki ishlar vazirligining amaldagi me`yoriy hujjatlari talablariga ko`ra quyidagilarni ma`lum qilamiz:

Sudning O`zbekiston Respublikasi fuqarosini, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun belgilangan tartibda berilgan guvohnomaga ega bo`lgan xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni yashab turgan uyidan ko`chirib yuborish yoki ularning bunday uylardan foydalanish huquqlari o`z kuchini yo`qotgani haqidagi qarori qonuniy kuchga kirishi munosabati bilan ularning yashash joyiga qayd etilganliklari bekor qilinishi lozim. Agarda fuqaro ikkita manzilda qayd etilgan bo`lsa, u holda birinchi qayd etilganlik bekor qilinadi. Qayd etish qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda ham, sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

Sudning qaroridan so`ng, doimiy ro`yxatdan o`chirish masalasida tuman IIB XChK va FRBga murojaat etishingizni tavsiya etamiz.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1