Avval xabar berganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Bulung`ur tumanidagi 13-sonli maktabgacha ta`lim muassasasining mudirasi tarbiyalanuvchilarni urganligi va MTMda sodir bo`layotgan boshqa qonunbuzilish haqida xabar tarqalgan.
Mazkur holat yuzasidan Bulung`ur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deya xabar qildi Samarqand viloyati prokuraturasi Axborot xizmati.
Samarqanddagi MTM mudirasi Rohatoy Ahrorova «Zamon» ko`rsatuviga bergan intervyusida bolaning haqoratli so`zlarni aytganini ma`lum qildi.
«Qiziqqonlik qildim. Bilmagan tarzda amalga oshirdim. Juda ham jahlim chiqdi. Chunki guruhda 30 ga yaqin bola bor edi. To`g`ri urush mumkin emas, lekin bolani bunaqa darajagacha etib borguncha qarab o`tirsak, bolaning kelajagi nima bo`ladi?» — dedi u.