Tunis hukumati milliy armiya bo`linmalarini yakshanba kuni kechqurun mamlakatning bir necha viloyatida hukumat muassasalarini himoya qilish va tartibsizliklar bilan kurashish uchun joylashtirdi. Bu haqda Respublika Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Muhamed Zekri intervyusida aytib o`tdi, deya yozdi TASS.
"Hozirda armiya bo`linmalari Silyana, Kasserin, Bizerta va Sus provinsiyalarida huquqni muhofaza qilish organlarini himoya qilmoqda", dedi Mudofaa vazirligi vakili.
Tunisning ba`zi viloyatlarida yakshanba kuni soat 16:00 da komendantlik soati o`tgandan keyin tartibsizliklar qayta boshlangan. Tunisda har kuni itoatsizlik harakati tobora kengayib bormoqda va ularning geografiyasi tez kengaymoqda. Tartibsizliklar ishtirokchilari barrikadalar o`rnatdilar, shinalarni yoqdilar, yo`llarni to`sdilar, o`zlarining harakatlarini ochlarning inqilobi deb atab, hukmron kuchga qarshi shiorlar aytdilar.
Shu bilan birga, xavfsizlik xizmati xodimlarining fikriga ko`ra yoshi 25 yoshdan oshmagan yoshlar guruhlari do`kon oynalarini, ko`chada turgan mashinalarni urishadi, shuningdek davlat muassasalari va moliya tashkilotlarini talon-taroj qiladilar. Respublikaning turli mintaqalarida shanbadan yakshanbaga o`tar kechasi yuz bergan tartibsizliklardagi ishtiroki uchun huquqni muhofaza qilish idoralari 242 kishini hibsga olishgan.





Ria.ru'ning so`nggi xabariga ko`ra, ayni paytga qadar 15-25 yoshlar orasidagi 900ga yaqin odam hibsga olingan.






